Tojikiston va Rossiya oʻrtasidagi yoʻlovchi temir yoʻl aloqasi 16 avgustdan tiklanadi

Фото : Radloi Ozodi/RFE/RL.

Koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yil mart oyida toʻxtatilgan Rossiya va Tojikiston oʻrtasidagi yoʻlovchi poyezdlari qatnovi qayta tiklanmoqda – birinchi yoʻlovchi poyezdi 16 avgust kuni Koʻlob temir yoʻl vokzalidan Volgogradga joʻnab ketadi. Poyezd chiptalari narxi hali aniqlanmagan. Oʻtgan oy “Roxi ohani Tojikiston” davlat unitar korxonasi (Tojikiston temir yoʻllari) 30 avgustdan boshlab Rossiya va Tojikiston oʻrtasida yoʻlovchi temir yoʻl qatnovi tiklanishini eʼlon qilgan edi. Biroq Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim 5 avgust kuni Dushanbeda o‘tkazgan matbuot anjumanida yo‘lovchi poyezdlari ikki hafta oldin qatnovni boshlashini aytdi. “Temir yo‘l chiptalari narxi hali aniqlanmagan, ammo bu boradagi ishlar davom etmoqda va narxi yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi”,– dedi Transport vazirligi rahbari va uning yo‘lovchilar uchun hamyonbop bo‘lishiga ishontirdi. Aziz Ibrohimning aytishicha, 16 avgust kuni Ko‘lob-Volgograd yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnay boshlaydi.

Источник