Tojikiston va Rossiya oʻrtasida temir yoʻl aloqasi tiklandi

Фото: служба новостей Центральной Азии. Архивное фото.

Ikki yildan ortiq tanaffusdan so‘ng 16 avgust kuni Tojikistondan Rossiyaga birinchi yo‘lovchi poyezdi jo‘nab ketdi. Poyezd soat 00:30 da Ko‘lobdan jo‘nab, 08:00 da Dushanbega yetib keldi. Poytaxt vokzalida otam tumonat edi: Ko‘lob-Volgograd reysidagi yo‘lovchilarning aksariyati Dushanbega chipta sotib olgan. Ularning ko‘pchiligi Volgograddan Moskva va Moskva viloyatiga boradi.

Yo‘lovchilar poyezd chiptalarini aviachiptadan bir necha barobar arzon bo‘lgani uchun sotib olganliklarini tan olishdi. “Masalan, men 1500 somoniyga (147 dollar) chipta oldim, samolyot chiptasi kamida 5500 somoniy turadi,– deydi Dushanbelik Hayit Quljonov. – Tejalgan pullarimga Rossiyada bir necha kun yashashim mumkin.

Источник