Rus tilini bilmaydigan migrantlar – muhojirlar Rossiyaning huquqiy maydonidan chiqib ketishadi

Rossiyaga ishlash uchun kelgan muhojirlar rus tilini bilishlari shart, aks holda ular huquqiy, ijtimoiy va kommunikativ – aloqa-aralashuv sohasidan chiqib ketadilar. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha Kengash rahbari Valeriy Fadeev juma kuni Yagona migratsiya markazini ko’chirish mavzusiga bag‘ishlangan onlayn-konferensiyada aytib o‘tdi.

“Agar mehnat muhojiri rus tilini bilmasa, u Rossiyaning kommunikativ, huquqiy, ijtimoiy sohasini tark etishi kafolatlanadi, u ushbu maydonda milliyligicha qolib ketadi”, — deb ta’kidladi Fadeev. Uning so’zlariga ko‘ra, fuqarolardan migratsiya markazi hududidagi belgi va ko’rsatkichlar rus tilida emas, masalan, tojik yoki o‘zbek tilida yozilgani haqida shikoyatlar kelib tushmoqda.

https://tass.ru/obschestvo/12905057