Rossiyada migrantlarga barmoq izlari tushirilgan chiplar beriladi

Фото: Сергей Пивоваров / РИА Новости

Rossiyada 29 dekabrdan boshlab mehnat muhojirlariga ishga joylashishlari uchun elektron yuz tasviri va qo’l barmoq izlari tushirilgan chipli karta ko‘rinishidagi mehnat patentlari beriladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Vladimir Kolokoltsev tomonidan imzolangan buyruqqa tayanib, “TASS” xabar bermoqda. Kartaning o‘lchami 8,5×5,3 santimetrdan iborat bo‘lib, old tomonida fotosurat, patent seriyasi va raqami, patent egasining familiyasi, ismi va otasining ismi joylashtiriladi. Shuningdek, u yerda tug‘ilgan sana, fuqaroligi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami, kasbi va STIR aks ettiriladi. Boshqa tomonda – patent egasi ishlaydigan Rossiya Federatsiyasi hududidagi subyektining nomi, hujjat kim tomonidan va qachon berilganligi ko’rsatiladi.

https://lenta.ru/news/2021/12/20/chips/