Rossiya va Tojikiston hukumati mehnat migrantlarining pensiya ta’minoti masalalarini tartibga soluvchi bitim loyihasini ma’qulladi

Hozirgi vaqtda hujjat Rossiya hukumatida bo’lib, u pensiya miqdorini belgilaydi. To’lovlar miqdori to’g’risida hech narsa ma’lum emas. O’tgan yili Davlat Dumasi Moskva Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlaridan mehnat muhojirlariga pensiya to’lashi kerak bo’lgan shartnomani ratifikatsiya qildi. Shartnoma Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Belorussiya kabi mamlakatlarga tegishli. Davlat Dumasi deputatlari Tojikiston pensionerlariga Rossiya byudjeti hisobidan pul to’lash g’oyasini qo’llab-quvvatladilar. Shunday qilib, Rossiyada ishlaydigan mehnat migrantlari ish beruvchilar pensiya jamg’armasiga ajratgan pul moqdori hisobida pensiya oladilar, deya xabar beradi «Ochiq media».

https://rusplt.ru/society/trudovie-migranti-budut-zhit-60fa0.html