Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning muhojirlarga ochiqligini ekstremizmga qarshi kurash vositasi deb atadi.

Фото: www.interfax.ru.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternikning aytishicha, Moskva Markaziy Osiyo respublikalari fuqarolarining Rossiya mehnat bozoriga kirishiga ushbu mamlakatlarda ekstremistik kayfiyatning o’sishiga qarshi kurash vositasi sifatida qaraydi.

“O’tkir ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bor joyda ekstremistik kayfiyatning o’sishi uchun zamin yaratiladi. Hech bir mintaqa bundan istisno emas. “Afg’onistonning terrorchilar, shuningdek ijtimoiy muammolar platsdarmi – boshlang’ich nuqtasiga aylanish fonida Markaziy Osiyoda ekstremistik uyalarning mafkuraviy jihatdan yetilish xavfi qanchalik darajada katta”,- degan savolga Sternik “Interfaks”ga bergan intervyusida: “Zamonaviy aloqa vositalari tufayli radikal – qat’iy targ’ibot chegara bilmaydi, — deb javob berdi.

https://www.interfax.ru/russia/805372