Rossiya prezidenti Vladimir Putin Etnik ishlar bo‘yicha federal agentlik rahbari Igor Barinovning migrantlar uchun moslashuv markazlarini yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Фото: © РИА Новости. Алексей Никольский.

“Potentsial muhojirlar vatanidan boshlashimiz kerak”,– dedi Putin Barinovning muhojirlarning hududiy va ijtimoiy izolyatsiyasining oldini olish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ish boshlanishi va bu faoliyatni faollashtirish uchun jamoat va diniy tashkilotlarni jalb qilish zarurligi haqidagi so‘zlariga javoban. Putinning soʻzlariga koʻra, boshqa mamlakatlardagi hamkasblari ham bunga qoʻshiladilar va qoʻshilishga tayyor. “Koʻp hamkasblarim bilan gaplashyapman, koʻpchilik qoʻshilgan, biz bu borada faolroq boʻlishimiz kerak. Hech kim qarshi emas, hech kim e’tiroz bildirmayapti. Aksincha, Oʻzbekistonda, Tojikistonda, Qirgʻizistonda – vaholanki, hammalari mamnuniyat bilan buni amalga oshirishayapti. U yerda faqat faolroq bo‘lishimiz kerak, ular hatto bundan mahfaatdordir. Ular yaxshi bilishadiki, odamlar o‘z vatanlarini tark etib, bizga kelganlarida moslashishlari, madaniyatimizni, tilimizni bilishlari, va labatta, Rossiya qonunchiligini bilishlari kerak”, dedi prezident.

Источник