Rossiya kasalxonalarida migrant-shifokorlarning soni oshadi:

Фото: Светлана МАКОВЕЕВА.

Hukumat xorijlik tibbiyot xodimlari uchun ishga joylashish jarayonini osonlashtirishni rejalashtirgan

Mehnat vazirligi xorijliklar rossiyaliklar bilan bir xil darajada ishga joylashishi mumkin bo’lgan kasblar ro’yxatini kengaytirmoqda. ARTISTLAR YETARLI, SHIFOKORLAR KAM. Rossiya pasporti — xorijlik uchun bizning davlatimizga kelib ishlashi uchun eng yaxshi rag’batlantirish! Bu esa shu bilan birga ba’zi-bir tarmoqlarda mutaxassislar yetishmovchiligini bartaraf etishning yaxshi usuli hamdir. Mehnat vazirligida shunday deb hisoblashadi. Vazirlik Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish huquqini beradigan kasblar ro’yxatini kengaytiruvchi buyruq loyihasini tayyorlagan. Bundan tashqari, mazkur kasblar egasi bo’lgan xorijiy fuqarolar ishga kvotalarsiz joylashishi mumkin, ya’ni rossiyaliklar bilan bir xil darajada. Ro’yxatga 61 ta kasb qo’shilgan, asosan tibbiyot sohasidan. Shuningdek, unga mashinada sog’ish operatori, muhandis-kimyogar va bir qator boshqa mutaxassisliklar kiritiladi. Shu bilan birga vazirlik hozirgi ro’yxatdan 28 ta mutaxassislikni chiqarib tashlashni rejalashtirgan. Ular ichida — dastur boshlovchisi, ekskursiyalar tashkilotchisi, balet yakkaxon artisti. Hammasi bo’lib ro’yxatda 113 ta kasb bo’ladi.

https://partyadela.ru/news/14140/