Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgdi

Фото:  с сайта Dunyo.info.

Rossiya IIVning “Pasport-viza xizmati” (PVX) Federal davlat unitar korxonasi vakolatxonasi Oʻzbekistonda ishlash uchun akkreditatsiya oldi, deb xabar qildi payshanba kuni Oʻzbekiston TIVning “Dunyo” axborot agentligi. 2020-yil dekabr oyida O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi PVX va Moskva shahridagi “Ko‘p funksiyali migratsiya markazi” davlat byudjet muassasasi bilan shartnomalar imzoladi. Hujjatlar, xususan, O‘zbekistonda migratsiya markazlarining front-ofislarini ochishni nazarda tutadi. “TIV Konsullik-huquqiy departamentida Rossiya IIV “PVX” Federal davlat unitar korxonasi vakili Oleg Kostyukga mazkur korxonaning Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi rasmiy guvohnoma topshirildi”,– deyiladi xabarda.

Источник