Prezident Putin rossiyalik musulmonlarning xalqaro tinchlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi

© РИА Новости / Евгений Биятов

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi va ularning xalqaro tinchlikni mustahkamlash, madaniy xilma-xillikni saqlash va mamlakat manfaatlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasini qayd etdi, tabrik telegrammasi Kreml saytida e’lon qilindi.

“Rossiya musulmonlari bardavom ma’naviy qadriyatlarga tayangan holda jamiyatda xalqaro tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, madaniy xilma-xillikni saqlash, mamlakatimizning ustuvor manfaatlarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shmoqda”,– deyilgan tabrik matnida. Ramazon hayiti insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlik, taqvo va mehr-muruvvat timsoli bo‘lib, “mo‘minlarni islom dinining asli sari, barcha jahon dinlari zamirida yotgan yuksak ma’naviy-axloqiy ko‘rsatmalarga qaytaradi” ta’kidlab o‘tilgan.

Источник