Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Magomedov M.: bir jinoyatchi vakili bilan butun boshli xalq haqida hukm chiqara olmaysiz

Millatidan qat’iy nazar,  jinoyat uchun hamma javob berishi kerak – biroq bir vakil tomonidan butun boshli xalq ustidan hukm chiqarish mumkin emas, dedi jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o’rinbosari Magomedsalam Magomedov. Uning ta’kidlashicha, Moskvada millatlararo munosabatlarni normallashtirish bo’yicha ko’plab ishlar olib borilmoqda, ammo megapolislarda muayyan millat vakillari tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyatlar doimo keng rezonans — taassurotga sabab bo’lmoqda. Magomedov rossiyaliklarning 81 foizi mamlakatdagi millatlararo munosabatlardagi vaziyatni ijobiy vaziyat deb baholaganini eslab o’tdi.

https://ria.ru/20211119/prestupleniya-1759781031.html