O‘zbekistnlik ishchilarning dastlabki guruhi ishlash uchun Moskva va Podmoskov’e qurilishlariga yetib keldi

Bortida o‘zbekistonlik ishchilar bo‘lgan charter reys Rossiyaga keldi. 189 nafar mehnat migrantlaridan iboratguruh tashkiliy ravishda yollash doirasida shakllantirilgan edi. Moskva va Podmoskov’eda loyihalarni amalga oshirayotgan rossiyaning ikita qurilish kompaniyalari xorijiy ishchilarni so‘rab murojaat bergan edi. O‘tgan oy davomida quruvchi, tosh teruvchi, montajchi, elektropayvandchi, ekskavatorchi kabi mutaxassisliklar bo‘yicha Rossiyada mehnat qilish istagidagilar bilan O‘zbekistonning barcha viloyatlarida suhbat o‘tkazildi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar bilan mehnat shartnomalari imzolandi. Oy oxiriga qadar yana 4 mingga yaqin ishchi yollash rejalashtirilgan.

Первая группа рабочих из Узбекистана прибыла на стройки Москвы и Подмосковья