Muhojirlarning Rossiyada uzoq muddatli qolishi ma’lum bir muddat bilan cheklanmaydi

© Владимир Смирнов/ТАСС

Chet el fuqarolarining Rossiyada uzoq muddatli bo‘lish rejimi ma’lum bir muddat bilan cheklanmaydi. Bu haqda TASS agentligiga Rossiya IIV Migratsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi. Ichki ishlar vazirligi chet el fuqarolarining Rossiyada bo‘lishining uchta rejimi – qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘lish, shuningdek, doimiy yashashini nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorladi. Hujjat hozirda idoralararo darajada kelishish jarayonlaridan o‘tmoqda.

“Qonun loyihasining muhim yangiligi chet el fuqarosiga aniq muddatsiz uzoq muddatli boʻlish huquqining berilishidir. Uzoq muddatli boʻlish muddati uning maqomi muddatiga qarab belgilanadi. Masalan, talaba uchun – bu uning o‘qish davri, chet ellik ishchi uchun – ish foaliatini amalga oshirish muddati, davlat dasturi ishtirokchisi uchun – tegishli maqom (5 yil)”,– dedi Kazakova. Shuningdek, u nazoratni amalga oshirish maqsadida qonun loyihasida uzoq muddatli xorijiy fuqarolar uchun bir qator majburiyatlar belgilanishini taʼkidladi.

Источник