Moskvadagi ozarbayjon diasporasiga xayriyachi rahbarlik qiladi

Фото:© APA.

Tadbirkor, xayriyachi Baxtiyar Gasanov Moskva Ozarbayjonlari mintaqaviy milliy-madaniy muxtoriyati raisi etib saylandi, deb yozadi bloqtvaz.ru APA’ga tayanib. Ozarbayjonlarning Moskva viloyati mintaqaviy milliy-madaniy muxtoriyatini uzoq yillar boshqarib kelgan Agadadash Kerimov o‘tgan oy o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdi. 10 iyun kuni muxtoriyatning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Kengash aʼzolari va vakillar bir ovozdan Baxtiyar Gasanovni muxtoriyat diaspora tashkiloti raisi etib sayladilar. 1 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi Moskvadagi Ozarbayjonlar mintaqaviy milliy-madaniy muxtoriyatining hisobot-saylov konferensiyasi natijalarini tan oldi va tashkilot rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. B. Gasanov Moskvadagi ozarbayjonlar diaspora tashkiloti raisi sifatida uning oldida turgan vazifalarning murakkabligi va muhimligini yaxshi anglab turganini aytdi: “Bizning tashkilotimiz Moskvadagi ozarbayjon diasporasidagi uzoq yillik turg‘unlikka chek qo‘yadi. Buning uchun jamoamiz tomonidan Milliy madaniy muxtoriyatni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Biz shu konsepsiyadan kelib chiqib, yagona jamoa bo‘lib ishlaymiz. Guruhimiz tarkibiga Moskvada yashab, ishlayotgan ziyolilar, tadbirkorlar kiradi”. Diaspora raisi, shuningdek, tashkilot Moskvada yashovchi barcha ozarbayjonlar uchun ochiq ekanligini ma’lum qildi: “Biz Moskvada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning muammolari bilan faol qiziqamiz, bu muammolarni hal qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”.

Источник