Moskvada muhojirlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi

Фото:© Sputnik-Алексей Куденко

18 dekabr, Xalqaro mehnat muhojirlari kuni nishonlanadigan kuni Moskvada muhojirlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi. Unda xodimga qo‘yiladigan barcha shart-sharoitlar va talablar bilan joyida tanishgan holda, har kim o‘zi uchun mos bo‘sh ish o‘rnini osongina topishi mumkin. Yarmarka bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishdan tashqari, mehmonlarni boy dastur bilan xursand qiladi. Yarmarka “Moskva” texnopolisi, Volgogradskiy prospekti, 42-uy, 5-korp., 3-qavat manzili bo‘yicha, 18 dekabr, soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lib o‘tadi.

Источник