Moskvada migrantlar moslashuvi va integratsiyasi bilan bog’liq tadbirlar sikli yakunlandi

Фото РИА Новости-Павел Бедняков

Poytaxda chetdan kelgan yoshlarni moslashtirish va integratsiyalashga qaratilgan qator tadbirlar yakunlandi. Loyiha Moskva shahri Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti ko’magida amalga oshirildi. Dekabr oyi boshida 132-kutubxonada poytaxt milliy diasporalarining madaniy kechasi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar uchun qirg‘iz, tojik va o‘zbek diasporalari vakillarining ijodiy chiqishlari taqdim etildi. So‘ngra Davlat boshqaruv universiteti sport majmuasida voleybol bo‘yicha “Do‘stlik Kubogi” turniri bo‘lib o‘tdi. G‘olib jamoalar kubok, medal va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ko’rilgan chora-tadbirlar Moskvada millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirishga, milliy masalalar yuzasidan nizolar kelib chiqishi xavfini kamaytirishga va migrantlarni megapolis ijtimoiy-madaniy hayotiga integratsiyalashuviga yordam berdi.

Источник