Moskva metrosida politsiyachilarni kaltaklagan muhojirlar sud oldida javob berishadi

Фото: Кристина Кормилицына / Коммерсантъ

Moskvada politsiyachilarni metroda kaltaklagan muhojirlarga nisbatan tergov yakunlandi. Har ikkisi ham tez orada sud oldida javob berishadi. 30-mart, chorshanba kuni “Lente.ru” Rossiya Tergov qo‘mitasi (RTQ) Moskva boshqarmasi rasmiy vakili Yuliya Ivanova ma’lum qildi.

18 va 21 yoshli yigitlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 318-moddasi («Hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash») bo‘yicha ayblanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, muhojirlar Rossiyada noqonuniy bo‘lib, turli tijorat tashkilotlarida ishlab, ijarada yashashgan. Endi ularning ish beruvchilari va ularni uy-joy bilan taʼminlagan shaxslar maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. 17 fevral kuni “Tulskaya” metro bekatida politsiya ikki nafar Tojikiston fuqarosidan shaxsini aniqlash uchun ular bilan birga borishni so‘ragan. Ular rad etishdi va keyin hujum qilishdi. Gumonlanuvchilardan biri shu zahoti voqea joyida ushlangan, ikkinchisi qidiruvga berilgan. U ertasi kuni hibsga olingan.

Источник