Moskva masjidlarida Ramazon hayiti namozlarini o‘qish haqida ma’lumot

Фото: РИА Новости/Алексей Куденко

RF MDI 2022-yil 2-may – Ramazon hayiti nishonlanadigan kuni quyidagi masjidlarda bayram namozi o‘qilishi haqida ma’lum qiladi:

Moskva jome’masjidi (Prospekt Mira metro bekati, Vypolzov tor ko‘chasi, 7-uy). Bayram namozi soat 07:00 da boshlanadi. Tarixiy masjid (Novokuznetskaya, Tretyakovskaya metro bekatlari, Bolshaya Tatarskaya ko‘chasi, 28-uy, 1-bino). Bayram namozi soat 08:00 da boshlanadi. Poklonnaya tog‘idagi “Shuhada” memorial masjidi (Minskaya ko‘chasi, 2B-uy). Bayram namozi 6:30 da boshlanadi. Bundan tashqari, Moskva viloyati musulmonlari diniy idorasi Moskva viloyati hukumati bilan birgalikda Ramazon hayiti namozini nishonlash uchun 40 ta maydon ajratadi. Boshlanishi 08:00 da. Maydonlarning manzillari haqida batafsil ma’lumotni MDI MVning rasmiy veb-saytida – www.dummo.ru. saytida topishingiz mumkin. Shuningdek, RF MDI Moskva jome’masjidida bayram namozini o‘qish niyatida bo‘lgan har bir kishidan “Prospekt Mira”ga yaqin bo‘lgan “Suxarevskaya”, “ Dostoevskaya”, “Komsomolskaya”, “Tsvetnoy bulvar”, “Trubnaya” kabi bekatlardan foydalanishni so‘raydi. Metro chiptalarini marshrutning har ikki uchiga oldindan sotib olish tavsiya etiladi. Masjidlarga borganlarida militsiya xodimlari va ko‘ngillilarning ko‘rsatmalariga amal qilih so‘raladi.

Источник