Migrantning ID-kartasida qanday ma’lumotlar saqlanadi.

Rejaga ko’ra karta 90 kunga beriladi va RF hududida istiqomat qiluvchi xorijliklarning hayotini osonlashtirishga yordam beradi. Migrantlar uchun ID-karta, davlat xizmatlarini olishni va Rossiya hududida boshqa xizmatlardan foydalanishni osonlashtiradi. Shuningdek, xorij fuqarolariga RFda istiqomat qilishning qonuniyligini tasdiqlash oson bo’ladi.

«Unda shaxsiy, shu jumladan, biometrik axborotlar, amaldagi maqomi, berilgan viza va uning amal qilish muddati to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlovchi elektron ma’lumot saqlovchi bo’ladi», – deydi Kirill Adzinov. Mashkuz tashabbus Rossiya IIVning loyihasiga binoan amalga oshiriladi. Natijasiga ko’ra, har bir migrantda ikki tomonlama ID-karta bo’ladi, uning yuz qismida eng zarur birlamchi ma’lumotlar bo’ladi: ismi, familiyasi, otasining ismi, jinsi va rasm bilan tug’ilgan sanasi. Orqa tomonida karta egasining fuqaroligi to’g’risidagi ma’lumot, tasdiqlash to’g’risidagi axborot, shuningdek, shaxsiy axborotni saqlovchi chip bo’ladi. Karta 90 kunlik muddatga beriladi. Buyruq 29 dekabrdan kuchga kiradi.

https://www.5-tv.ru/news/362595/vmdv-rasskazali-kakie-dannye-budet-soderzat-karta-migranta/