Davlat Dumasi deputati: Rossiya va O‘zbekiston hamkorlikdan manfaatdordir

Фото: ИА REGNUM/ Иван Шилов.

G‘arb sanksiyalarini hisobga olsak, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi faqat oshadi, dedi Davlat Dumasi vitse-spikeri, “Yangi odamlar” fraksiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Vladislav Davankov. 5-iyul, seshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi Nurijon Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurdi. Vladislav Davankov Rossiya parlamenti raisi Vyacheslav Volodin bilan birgalikda ikki tomonlama muzokaralarda ishtirok etdi. “Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik yildan-yilga yuqori darajaga koʻtarilmoqda. Oʻtgan yili mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 17% oshdi. Import 39%, eksport esa 12% oʻsdi. Gʻarb sanksiyalarini inobatga olsak, tovar ayirboshlash hajmi faqatgina ortib boradi. Bugungi uchrashuv yangi qoʻshma loyiha va tashabbuslar boshlanishiga imkon beradi. Bundan ikki davlat ham manfaatdordir,– aytib oʻtdi siyosatchi,– Bugun biz iqtisodiy sheriklikdan tashqari, taʼlim sohasida hamkorlik va migratsiya siyosati masalalariga ham toʻxtaldik. Turizmni rivojlantirishga doir masalalari alohida e’tiborga loyiqdir. Oxirgi olti oyda O‘zbekistonga rossiyalik sayyohlar oqimi ikki baravardan ortiq koʻpayib, 400 ming kishini tashkil etdi”.

Источник