2021-yilda Markaziy Osiyo davlatlaridan 205 mingdan ortiq shahs Rossiya fuqaroligini oldi

Фото ТАСС

Mamlakatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar FinExpertiza nashri tomonidan RF IIV ma’lumotlari asosida taqdim etilgan. Mintaqa davlatlari orasida Tojikiston yetakchi boʻlib, ularning 103,7 ming nafari Rossiya fuqarolgini olgan. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston aholisi (49,9 ming kishi), uchinchi o‘rinda – o‘zbekistonliklar (31,9 ming), to‘rtinchi o‘rinda – qirg‘izistonliklar (19,2 ming). Turkmanistonning aholisi ozligi tufayli 23 mingga yaqin kishidan tashkil topgan “boshqa davlatlar” toifasiga kirdi. Hammasi bo‘lib, 2021 yilda Rossiya fuqaroligi 735,4 ming chet el fuqarosiga berildi, bu kamida 2000 yildan beri rekorddir.

Источник