19 noyabr kuni Moskvada Oʻzbek diasporasining yillik konferensiyasi boʻlib oʻtadi

Фото: анонс мероприятия.

Anjumanda Moskvadagi oʻzbek diasporasining taniqli vakillari – tadbirkorlar, shifokorlar, olimlar va jamoat arboblari, madaniyat va sport namoyandalari, Moskvadagi hokimiyat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishadi. Anjumanning birinchi qismida Moskva shahridagi oʻzbek diasporasidagi ishlarning bugungi holati, jumladan, Moskva va Moskva viloyatidagi oʻzbek jamiyatlarini birlashtirish, oʻzbek yoshlari giyohvand moddalar savdosiga jalb ettihigaqarshi keng koʻlamli kurash olib borish, vijdonsiz ish beruvchilar va kredit va bank toʻlovlari sohasidagi firibgarlikka qarshi kurash kabi vazifalar muhokama etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, muhojir bolalarning Rossiya jamiyatiga ijtimoiy-madaniy moslashuvi boʻyicha diaspora sa’y-harakatlarini birlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni muhokama qilish va qabul qilish rejalashtirilgan.

Источник